Uzbekistan Airways kompaniyasi 17 mart kuni chet elliklarni Moskvaga olib borish va O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar qildi.

Parvoz vaqti Toshkentdan — 10:00 da, Moskvadan — mahalliy vaqt bilan 13:00 da.

Birinchi navbatda 16, 17 va 18 mart kunlariga chiptalar olib qo‘ygan yo‘lovchilar qabul qilinadi.

Yo‘lovchilar Toshkentga kelishi bilan vaqtincha joylashtirish punktlariga jo‘natiladi. Ularni aeroportda kutib olish mumkin emas.

Yo‘lovchilarni vaqtincha joylashtirish punktiga joylashtirish masalalari bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi shtabining 71−276−49−66 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.