8 martga o‘tar kechasi yarim tunda Toshkent viloyati Parkent dehqon bozorining old qatoridagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi (video).

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobili va 10 dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi. Soat 02: 25 da yong‘in tarqalishining oldi olingan bo‘lsa, 03: 50 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘indan 3000 kv. m.maydon saqlab qolindi.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.