Urganch garnizonidagi harbiy qismlardan birida qo‘shinlar jangovar shayligi to‘satdan tekshiruvdan o‘tdi.Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbarligidagi ishchi guruh ushbu tekshiruvning qo‘qqisdan o‘tishini ta’minladi. Qo‘shinlar jangovar va operativ tayyorgarligining bosqichlaridan iborat bo‘lgan to‘satdan tekshiruv har vaqt sergak harbiy xizmatchilarga jangovar-xizmat vazifalarni bajarishga xalal bermadi.

Navbatchi bo‘linmalarning tezkor va aniq harakatlari harbiy xizmatchilarning xizmat joylariga o‘z vaqtida yetib kelishini hamda jangovor texnikalarning qo‘llashga shayligini ta’minladi.

Jangovor va avtomobil texnikalarni saqlash parkida qisqa vaqt ichida texnikalar o‘t oldirilib, o‘quv-jangovor vazifani bajarish uchun shay holatga keltirildi.

Tekshiruv jarayonida bo‘linmalarning jangovar shayligi, jipsligi hamda harbiy texnika va qurol-aslahalarning vazifalarni bajarishga tayyorgarligi baholandi.

Shuningdek, to‘satdan tekshiruv jarayonida bo‘linmalarni yuqori jangovor shaylik holatiga keltirish bo‘yicha harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan shaxsiy tarkib bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.