Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilanishini ma’lum qilgandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilinishi rejalashtirilgan.

2020/2021 o‘quv yilidan o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari:

  • Musiqa ta’limi;
  • Jismoniy madaniyat;
  • Texnologik ta’lim;
  • Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
  • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarish ayni paytda o‘qishni boshlaganlar uchun tatbiq etilmaydi. O‘quvni ushbu shaklda tashkil etish, to‘lov-kontarkt summasi hamda o‘quv-dars rejasini tuzish ishlari hali yakunlanmagan.