3 yanvar kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida G. I. o‘zining uch oylik chaqalog‘ini sotishga uringan vaqtida qo‘lga olindi, deya xabar qildi Ichki ishlar vazirlining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi.

Qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbir IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan «Ohangaron» temiryo‘l bekati oldida o‘tkazildi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan biri xaridor rolini ijro etdi.

Hozirgi kunda chaqaloq Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.

G. I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.