2−9 dekabr kunlari «O‘zneftgazinspeksiya», «Hududgazta’minot» kompaniyasi hamda «O‘zstandart» agentligi mutaxassislari bilan birgalikda respublikada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha muntazam tadbirlar o‘tkazildi, deya xabar qildi inspeksiya matbuot xizmati.

Tadbirlar natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 7 mlrd 439 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «RUN TONG METAL INDUSTRIAL» MCHJ va Angren shahridagi «Lyux granit» MCHJ korxonalari tekshirilganda gaz xisoblash uchkunasiga (schetchik) tashqaridan ta’sir yetkazishga sharoitlar yaratilganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni gaz hisoblagich hotirsadagi foydalanilgan gaz miqdori tuliы yezib borilmagan.

Hisoblash uskunalari konfiguratsiyasi o‘zgartirilganidan tashqari, bir necha kun davomida hisoblash uskunalari elektr ta’minotidan uzilganlik holatlari ham bo‘lgan, shunga ko‘ra shu vaqt mobaynida ishlatilgan tabiiy gazning sarflangan miqdori saqlanib qolmagan.

«Toshkentgaz» hududiy filiali tomonidan berilgan texnik shartga ko‘ra, «RUN TONG METAL INDUSTRIAL» MCHJ korxonasida tabiiy gazning umumiy soatbay sarfi 3600 metr kub / soatni tashkil etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazdan 30 kun davomida noqonuniy foydalanilganlik hajmi 2 mln 592 ming metr kubni tashkil etib, bu 1 mlrd 710 mln so‘m miqdordagi zarar yetkazilgan.

«Lyux granit» MCHJ keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish sexiga keladigan bo‘lsak, texnik shartga ko‘ra, tabiiy gazning umumiy soatlik sarfi 1683,4 metr kub / soatni tashkil etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazdan 45 kun davomida noqonuniy foydalanilgan hajmi 3 mln. 156 ming metr kubni tashkil etib, bu yesa 3 mlrd 156 mln so‘m miqdordagi zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari yana bir o‘g‘irlik Angren shahridagi «Angren Neft Biznes» korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida ham aniqlandi. Ushbu korxonada gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazdan 53 kun davomida noqonuniy foydalanilganlik hajmi 1 mln 272 ming metr kublik, 1 mlrd 272 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 10 ta issiqxona, parrandachilik xo‘jaliklari, sopol buyumlar ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 196 ta korxona gaz ta’minoti korxonasiga jami tabiiy gazning noqonuniy iste’moli hajmi
1 mln 301 ming metr kub (1 mlrd 118 mln so‘m) ni tashkil etib, 1 mlrd
506 mln so‘mdan
ortiq miqdorda zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqorida ko‘rsatilgan aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gazdan to‘g‘ri hamda qonuniy foydalish chora-tadbirlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.