Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birida maktabning 3-sinf o‘quvchisi xuddi shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Hodisa sentyabr oyi boshida qurilishi yakuniga yetkazilmagan yer uchastkasidagi vagonda sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchisi kimdir voqeadan xabardor bo‘lsa so‘yib tashlash bilan qo‘rqitgan.

Noyabr oyida o‘tkazilgan ekspertizalar hujum qilgan o‘quvchining jinoyatga aloqador ekanini tasdiqladi. O‘smir Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida (jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha aybini to‘liq tan oldi. 26 noyabr kuni unga nisbatan sudgacha uy qamog‘i shaklidagi cheklov chorasi qo‘llanildi.