Bugungi kunda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan dori-darmon vositalarining O‘zbekiston hududiga yashirin yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi kurashishda bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bojxonachilar 28 ming dona psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro M.G. chegara hududidan yo‘lovchi taksi orqali berib yuborilgan 2 dona qutilarga solingan dori vositalarini kutib turgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Qutilarda umumiy qiymati 300 million so‘mlik 28000 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.