«Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun 2019 yilning 14 noyabrida prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonun bilan 10 dan ortiq qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati quyidagi 2 ta faoliyat turi bilan to‘ldirildi:
To‘lov tizimi operatorlarining faoliyati;
To‘lov tashkilotlarining faoliyati.



Bundan tashqari, «Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda davlat byudjeti hisobidan beriladi.

Ilgari Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berilgan.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatining litsenziyalanishiga oid qismi «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.

Utilizatsiya yig‘imi nazarda tutilgan normalar mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.