2019 yil 12 noyabr kuni soat 00−10 larda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Boshdarxon mahallasida yashagan Hamid T. (1986 y.t. yakka tartibdagi tadbirkor) turmush o‘rtog‘i Dilorom V. (1994 y.t., uy bekasi) bilan o‘zaro janjallashib, uni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbut kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.