16 oktyabr kuni Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya La Mancha Universitetida «O‘zbekiston Buyuk Ipak Yo‘li markazida» deb nomlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati.

Tadbir ochilishida SDCHTI o‘qituvchilari O‘tkir Burxonov hamda Lola Sharapova O‘zbekiston madaniyati, tarixi, an’analari haqida, shuningdek, ushbu ikki oliygoh o‘rtasida bugungi kundagi va kelgusidagi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida taqdimotlarini namoyish etdi.

Taqdimotdan so‘ng esa mehmonlar o‘zbekistonlik fotorassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Husniddin Atoning «O‘zbekiston Buyuk Ipak Yo‘li markazida» nomi shaxsiy foto ko‘rgazmasiga taklif etildi.

Ko‘rgazmadan fotosuratlarda ijodkorning o‘zbek urf-odatlari, an’analari, san’ati va xalq turmush tarzi aks etgan. Ko‘rgazma 28 oktyabrga qadar davom etadi.