Toshkent metropolitenining o‘nta stansiyasida yo‘l haqini Humo kartasi bilan aloqasiz to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda to‘lov tizimining Telegram-kanalida xabar qilindi.

To‘lovni amalga oshirish uchun Humo validatoriga karta bilan tegish kifoya. Karta orqali to‘lovlarni quyidagi bekatlarda amalga oshirish mumkin:

  • Buyuk Ipak Yo‘li (kirish shu nomdagi avtobus bekatidan)
  • Amir Temur Hiyoboni (barcha kirish joylari)
  • Mustaqillik Maydoni (barcha kirish joylari)
  • Paxtakor (kirish Davlat konservatoriyasi tarafdan)
  • Bunyodkor (kirish Xalqlar do‘stligi saroyi tarafdan)
  • Mirzo Ulug‘bek (kirish G‘. G‘ulom bog‘i tarafdan)
  • Chilonzor (kirish 9 qavatli binolar tarafdan)
  • Beruniy (kirish Toshkent Milliy Universiteti va O‘zko‘rgazmasavdo tarafdan)
  • Minor (kirish Moliya instituti yonidan)
  • Abdulla Qodiriy (kirish Oloy bozori markaziy paviloni yonidan)

Shuningdek, yaqin kunlarda HUMO validatorini boshqa metro bekatlariga ulash rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.