2019 yil 8 sentyabr kuni soat 01:00 larda fuqaro T.E (1979 y.t.) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani «Istiqbol» mahallasida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i T.P (1981 y.t.) bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashib, qo‘llari bilan bo‘g‘ib, sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan T.E ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.