O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Davlatovich Kudbiyev prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi. U 2018 yil aprelida Mehnat vazirligi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

Sherzod Kudbiyev (1981 y. t.) Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan (mutaxassisligi — moliya va kredit). Vazir bo‘lishiga qadar Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2015−2016 yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Avvalroq — 2012−2015 yillarda — Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi (hozirgi — Bandlik va mehnat munosabat lari vazirligi) Aholi bandligi, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish respublika ilmiy markazi direktori lavozimida ishlagan.

2010−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi departamentida yetakchi va bosh mutaxassis, 2007−2010 yillarda Mehnat vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Umar Ismoilovni prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Endilikda u Sherzod Kudbiyevning o‘rinbosari hisoblanadi.

Umar Ismoilov 2003—2006 yillarda davlat maslahatchisi o‘rinbosari — prezident devoni tashkiliy-nazorat xizmati kadrlar bilan ishlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Turli yillarda prezidentning mudofaa masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.