20 avgust kuni soat 19:30 larda Olmaliq shahar Abdulla Qaxxor ko‘chasida yashovchi M.A. (1994 y.t.) ukasi A.A. (2001 y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.