Dog‘iston Respublikasining Kaspiysk shahrida Magomed-Salam Umaxanov xotira turniri o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha musobaqa doirasida chorak final janglari tashkil etildi. Unda 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Bahslarda ishtirok etgan bokschilarning 7 nafari g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-52 kg: Abror Qodirov — Ixlas Glischanov (Turkmaniston) 5:0;

-52 kg: Shahobiddin Zoirov — Mirmexdi Mehdizade (Ozarbayjon) (Zoirov 1-raundda raqibini nokaut qildi);

-56 kg: Abdulxay Shorahmatov — Bilol Mxari (Tunis) 5:0;

-60 kg: Otabek Xolmatov — Magomed Tinovasov (Rossiya) 5:0;

-64 kg: Jahongir Rasulov — Guseyn Magomedov (Rossiya) 0:5;

-69 kg: Temur Saidov — Mger Oganisyan (Ukraina) 0:5;

-69 kg: Bilol Mirzarahimov — Tamirlan Xangishiyev (Rossiya) 5:0;

-75 kg: Akmurad Gaffarov — Daniil Teterev (Rossiya) 5:0;

-75 kg: Saidjamshid Jafarov — Ramazon Dadachev (Rossiya) 5:0;

-91 kg: Shahzod Sulaymonov — Magomed-Sultan Musayev (Rossiya) 1:4.

G‘olib bokschilar qatoriga +91 kg vaznli Lazizbek Mullajonov qo‘shiladi. Shu tariqa ertaga o‘tkaziladigan yarim final janglarida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.