Toshkentning Sergeli tumanidagi qurilish maydonchasida 12 iyul kuni 11:49 da avtokran yonib ketdi, deya xabar qildi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga avtokran o‘qining yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketishi sabab bo‘lgan. Tok urishi oqitabida avtokran haydovchisi vafot etgan.

O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga 12:00 da yetib kelib, 12:34 da yong‘inni bartaraf etdi.

Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.