Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev prof ringdagi ikkinchi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Unga ko‘ra Meliqo‘ziyev 30 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtatida ringga ko‘tariladi. Hozircha mazkur jangda Bektemirga kim raqiblik qilishi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir prof ringdagi debyutini 13 iyun kuni nishonlagan va unda argentinalik Martin Riosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.