Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin, deyiladi xabarda.