Jizzax viloyati hokimligiga Xitoy Xalq Respublikasining «CHANGAN AUTO COMPANY» delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«CHANGAN AUTO COMPANY» delegatsiyasi vakillarini viloyat hokimi Ergash Soliyev, viloyat hokim o‘rinbosari Azim Ahmedxo‘jayev hamda shahar hokimligi vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Xitoy kompaniyasi Jizzax shahrida avtomobil zavodini qurish masalasi muhokama qilindi.