2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanda o‘tkazilgan tadbir natijasida shu tumanning M.Yusuf ko‘chasida yashovchi G‘.K., Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi M.M.ga Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan 195 gektar yer maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijara shartnomasi tuzish orqali uning ixtiyoriga o‘tkazib berishini va’da qilib, undan jami 100 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida olgan vaqtida qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.