Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida yetkazilishini va darhol ushbu holatlarni aniqlash, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etilishini ta’minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida «@antikorbot» nomli maxsus bot yaratildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Endilikda, Adliya vazirligi va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida noqonuniy ishlar, jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida ushbu bot orqali xabar berishingiz mumkin bo‘ladi.

Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Shuningdek, ma’lumot tariqasida:

tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — eng kam ish haqining yigirma baravaridan (4 mln 54 ming 600 so‘mdan) oltmish baravarigacha (12 mln 163 ming 800 so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;

tuhmat qilish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, — eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha (40 mln 546 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkinligini ma’lum qilamiz.