Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra quyidagilar OTMlarga qo‘shimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinuvchilar qatoriga kiritildi:

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni a’lo baholarga bitirgan bitiruvchilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishlariga.

Har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi, qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga asosan.