Hukumat qaroriga muvofiq, Murodilla Yoqubovich Eshmatov Xalq banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Murodilla Eshmatov ilgari Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.