Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) O‘zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Ikromjon Aliboyev golini OFK Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi gol nomia nomzodlar qatoriga kiritdi.

Futbolchi golini 2018 yilgi mavsumda Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi tarkibida kiritgan edi. To‘pni egallab olgan o‘yinchi uni maydon markazidan BAAning «Al Vahda» jamoasi darvozasiga yo‘llagan edi.

Ro‘yxatdan 16 ta gol o‘rin olgan. Ovoz berish finaliga hozirda Janubiy Koreyaning «Seul» jamoasida to‘p surayotgan yarim himoyachi Ikromjon Aliboyev hamda Eronning «Mashin Sazi» klubi futbolchisi Andranika Teymuryan gollari chiqdi.

Ovoz berish OFK saytida bo‘lib o‘tmoqda.

YouTube orqali ko‘rish