Vazirlar Mahkamasining «Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan institut faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Unga muvofiq, o‘quv jarayoni takomillashtirilib xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlanadi.

Qaror bilan institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Reja doirasida bitiruvchilar bandligini nazorat qilish maqsadida institut veb-saytida elektron monitoring blogi yaratiladi.

«Bo‘sh vaqtim — bilim va sport bilan birga» mavzusida sport musobaqalari tashkil etiladi.

Institutda iqtisodiyot sohasida yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi.