Joriy yilning 28 mart kuni Markaziy bankda «MasterCard Europe» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deyiladi telegram kanalidagi xabarda.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish doirasida o‘zaro hamkorlik, shuningdek, xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida HUMO milliy to‘lov tizimining imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Markaziy bank va MasterCard Europe o‘rtasida chora-tadbirlar protokolini imzoladilar. Hujjatda o‘zaro aloqalarni va hamkorlikni kengaytirish maqsadida HUMO to‘lov tizimi tarmog‘ida to‘lov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilgan to‘lov infratuzilmasida MasterCard kartalarining foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha birgalikda tadbirlar o‘tkazi borish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda MasterCard to‘lov vositalaridan foydalangan holda HUMO to‘lov kartalari imkoniyatlarini kengaytirish istagini bildirdilar.