25 mart kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Galaguzar mahallasida yashagan B.N.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qisqa muddatda o‘chirilgan.Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi B.N.ning jasadi topilgan. Yong‘in B.N. uyida mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.