2019 yil 24 mart sanasida hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonunchilikka muvofiq, gaz ta’minoti maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Maishiy iste’molchilar — maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.

Mazkur iste’molchilarga gaz maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflarda yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018 yil 16 noyabrdan 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.