Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punkti va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihaning tasdiqlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaning umumiy qiymati 54 mln AQSH dollariga teng bo‘lib, uni 2020−2025-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Natijada Namangan viloyatining asosan qishloq joylarida yashovchi 200 mingdan ortiq aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Xalqaro rivojlanish fondi Boshqaruvchilar kengashining krediti besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.