Darig‘a Nazarboyeva yopiq ovoz berish yo‘li bilan Qozog‘iston Senati raisligiga saylandi. Bu haqda «Kazinform» xabar berdi.

«Biz Parlament Senati raisligiga Darig‘a Nursultonovna Nazarboyevani saylash taklifini alohida tuyg‘ular bilan qarshi oldik. Biz u bilan bir necha yillardan beri ishchi guruhlarida, qo‘mita majlislarida yelkama-yelka turib ishlab keldik. Darig‘a Nursultonovnani o‘z vatanining haqiqiy vatanparvari ekanini aniq bilamiz. U o‘zining rang-barang va chuqur bilimlarini mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida qo‘llaydi», — dedi senator Birganim Aytimova Senat yig‘ilishida.

Uning aytishicha, Darig‘a Nazarboyeva «qonun va uning ustuvorligiga» jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

44 nafar deputat ishtirok etgan saylov natijasijasiga ko‘ra, ular Darig‘a Nazarboyevaning nomzodini bir ovozdan ma’qullaganlar.