O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Adham Rustamovich Islomov lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning MBdagi axborot manbasi.

Adham Islomov (1976 y. t.) 2018 yil fevralidan rais o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan, unga qadar Prezident devonining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati bosh maslahatchisi edi.

Saidqahhor Xolxo‘jayev. Foto: «O‘zagrosug‘urta».

Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimiga 2017 yil sentyabridan «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasini boshqarib kelayotgan Saidqahhor Muhammadkarimovich Xolxo‘jayev tayinlandi.