15 fevral kuni soat 17:00 larda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani yashovchi, voyaga yetmagan A.S. (2003 yilda tug‘ilgan) noma’lum kimyoviy moddani ichib yuborishini natijasida vafot etgan. Bu haqda «Gazeta.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir yigit o‘z uyida kimyoviy moddani ichgan va shundan so‘ng shifoxonaga olib kelingan.

Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning 19 fevral kungi xulosasida voyaga yetmagan S.A.da gemorrogik peritonit va og‘ir darajadagi karaxtlik hamda oshqozon levorlarini butunligini buzilishi bilan kechganoshqozon, 12 barmoqli ichak, katta charvini kimyoviy kuyishi bo‘lib, bu og‘iz orqali qabul qilingan kimyoviy modda ta’siri natijasida yuzaga kelganligi qayd etilib, ushbu jarohatlar xayot uchun xavfli og‘ir shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan S.A.dan tushuntirish xati olinganda, u 17-sonli umumta’lim maktabining 10a-sinfida o‘qiydigan bola noma’lum dori moddasini berib ichishi kerakligini aytganligini, noma’lim dori vositasini unga berganligini biror-bir shaxs ko‘rmaganligi aytganligini, keyin noma’lum dori moddasini yashash xonadoniga kelib ichganligini bildirib o‘tgan.

Bundan tashqari, holatni har tomonlama tekshirish maqsadida
20.02.2019 yil kuni voyaga yetmagan S.Abdumalikov o‘qigan tumandagi 17-sonli umumta’lim maktabining kimyo laboratoriya xonasida mavjud moddalarning saqlanishini qonuniyligini o‘rganish yuzasidan viloyat XTBga tekshiruv tayinlangan.

Tuman Xalq ta’limi bo‘limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish ma’lumotida 17-sonli umumta’lim maktabining lobarotoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish daftarini yuritilgan va laboratoriya xonasining sanitar holati qoniqarli holatdaligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida 26.02.2019 yil kuni voyaga yetmagan S.A. tuman shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida vafot etgan va shu kundan uning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.