Toshkent Fitch va Moody’s agentliklaridan kredit raqobatbardoshligi reytinglarini olishni rejalashirmoqda, deya xabar qildi poytaxt hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Xojizodayev shanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda.

“Ehtimol, bu Fitch Ratings va Moody’s kredit raqobatbardoshligini olgan Markaziy Osiyodagi birinchi shahar bo‘ladi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentni Markaziy Osiyoning moliyaviy poytaxtiga aylantirish vazifasini yuklagan edi. Ushbu maqsad sari birinchi qadamlar tashlandi, deya ta’kidladi hokimning birinchi o‘rinbosari.

“Kecha men Coca-Cola kompaniyasi menejeri bilan uchrashdim. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy idoraning Toshkentga ko‘chirilishini xabar qilganida juda yoqimli bo‘ldi”, — dedi u.

Dekabrda O‘zbekiston Standard & Poor’s va Fitch Ratings agentliklarining birinchi kredit reytinglarini olgan edi. Har ikkisi ham mamlakatga barqaror prognozli “BB-” reytingini bergan bo‘lsa, Moody’s O‘zbekistonga barqaror prognozli “B1” darajasini berdi.

Investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Sharof Rahmonv investorlar tomonidan qiziqish organini ma’lum qildi. “Toshkentda hozir 5000 ga yaqin chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona ro‘yxatga olingan. Avvallari har yili 300−400 atrofida tashkil etilar edi. Birgina 2018-yilda che el investitsiyalari ishtirokida 1500 dan ziyod korxona ochildi”, — dedi u.

2019-yilda Toshkent investitsion dasturi doirasida 2,7 mlrd dollarlik 273 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 420 mln dollarni tashkil etgan. Investitsiyalar tuzilmasida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish sohalari asosiy o‘rinlarni egallaydi.

“Investitsion dasturlarning 30 foizga yaqini qurilish sohasiga to‘g‘ri keladi. Agar so‘mga o‘giradigan bo‘lsak, investitsiya dasturlari 32 trln so‘mni tashkil etadi. Ularning taxminan 10 trln so‘mi nafaqat turar-joylar, balki ijtimoiy ahamiyatga molik ob’ektlar, mehmonxonalar, bolalar bog‘chalari va o‘quv maskanlari, tibbiyot muassasalarini bunyod etishni o‘z ichiga olgan qurilish sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Sharof Rahmonov.