2017 yildan buyon «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Odil Shukurovich Temirov «O‘zkimyosanoat» boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida.

Odil Temirov (1977 y. t.) Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 1999 yildan 2017 yilgacha Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi tuzilmasida turli lavozimlarda ishladi va korxona rahbarigacha bo‘lgan mansablarni egalladi.

2017 yildan «O‘zkimyosanoat"ga rahbarlik qilib kelayotgan Abduxoshim Abdullayev nafaqaga chiqishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.