2018 yil 31 dekabr kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan A.R.ning uyida elektr isitish pechiga ko‘rpacha tegib qolishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qo‘shnilari tomonidan o‘chirilgan va yong‘in o‘chirish vaqtida A.R.ning tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.