Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Qorako‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro B.S ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, uning omborxonasidagi yog‘ochlar orasiga yashirib qo‘yilgan 1 dona, 1 nilli qonuniyligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan ov quroli borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu ov quroli ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.