Joriy yilning 18 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashagan S.H. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.