Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008 yil 28 avgust) ratifikatsiya qilish haqidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Qonun bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.

Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 dekabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma’qullangan edi.

Bitimga ko‘ra, tomonlarning hududlarida terrorchilik harakatlari sodir etilganida yoki shunday xavf-xatar paydo bo‘lganida qo‘shma harakatlarni amalga oshirish uchun maxsus aksilterror tuzilmalarni tayyorlash o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad etib belgilangan.