Britaniyalik milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi SpaceShipTwo yo‘lovchi kosmik shakllini sinovdan o‘tkazdi. Sinov parvozi vaqtida havo kemasi 82,7 km balandlikka ko‘tarildi, deya xabar qildi BBC rus xizmati.

Uskuna maxsus qurilgan samolyot-tashuvchi bilan 12 ming metr balandlikka ko‘tarildi. So‘ngra kosmik kema o‘z raketa dvigatelidan parvozni davom ettirdi. Tashuvchidan ajralganidan keyin shatll mezosfera — atmosferaning yuqori qatlamiga chiqdi. Raketa dvigateli daqiqalar davomida ishladi. Kompaniya kema kamerasi tasvirga olgan videoyozuvdan bir parchani e’lon qildi.

Virgin Galactic shatlli bortida ikki uchuvchi, kosmik turist rolini bajargan maneken va kema vaznini oshirish uchun zarur miqdordagi yuk bor edi.

Sinov parvozi standart ishchi yuklama bo‘yicha amalga oshirildi. Shatll yerga mustaqil ravishda qo‘ndi.

Richard Brenson kompaniyasi 2008 yildan buyon kosmik turizm dasturi ustida ish olib bormoqda.