Toshkentda xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun har biri kuniga kuniga 180−200 fuqaroni qabul qilish imkoniyatiga ega uskunalar o‘rnatilgan 12 ta punkt tashkil etiladi. Bu haqda poytaxt Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Qudrat Yuldashev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Xorijga chiqish uchun pasport olishni xohlovchilar soniga qadar rasmiylashtirish punktlari soni oshirilishi mumkin. Salomatligi tufayli kela olmaydigan fuqarolar uchun esa mobil stansiyalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston fuqarolarining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti to‘q qizil rangda ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lib, 48 betdan iborat bo‘ladi, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportida esa 36 bet mavjud.

Himoyalash darajasi bo‘yicha, xorijga chiqish uchun biometrik pasportidagi betlarda O‘zbekistonning tarixiy obidalari aks ettirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, amalga kiritilishi belgilangan xorijga chiqish uchun biometrik pasporti suv belgilari, sakkiz qirrali pentogramma, rangi o‘zgaruvchi bo‘yoq, muarli effekt, metallashtirilgan himoyaviy ip, laminatsiyalashtirilgan plenka hamda pasport qobig‘iga joylashtirilgan elektron chipdan iborat. Ushbu hujjat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan 10 ish kuni davomida tayyorlanishi belgilangan.

Fuqaro xorijga chiqish uchun biometrik pasport bilan hujjatlashtirilishi uchun bir nushadagi ish joyi, o‘qish maskani yoki hududiy o‘zini-o‘zi boshqarish organi tomonidan muhr bilan tasdiqlangan ariza-anketa topshirishi, unga qo‘shimcha ravishda 3,5 sm x 4,5 sm hajmdagi bir dona fotosurat, pasport nusxasi, hududiy Mudofaa ishlar bo‘limi ma’lumotnomasi (agar harbiy xizmatga majbur bo‘lsa) hamda eng kam ish haqqining taxmin qilinayotgan 150 foizi miqdoridagi davlat boji undirilishi (hozirda ushbu miqdor 304,095 so‘mdan iborat) ko‘zda tutilgan bo‘lib, chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini — xorijga chiqish uchun biometrik pasportga yopishtirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stiker (ovir) bekor qilinib, uning o‘rniga xorijga chiqish pasporti joriy etiladi. Ayni vaqtda, 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportiga ega fuqarolar chiqish vizasi talab qilinmaydigan davlatlarga chiqa oladilar. Shuningdek, 2021 yil 1 yanvarga qadar chiqish stikeri bilan ham uzoq xorij davlatlariga chiqish imkoniyati saqlab qolinadi.

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni asosida amalga oshiriladi.