Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Devid Xaggerti O‘zbekiston Tennis federatsiyasiga «Jahon tennisini rivojlantirishdagi ulkan hissasi uchun» maxsus mukofotini topshirdi. Mukofotlash marosimi 1 dekabr kuni Manilada (Filippin) Osiyo tennis federatsiyasining yillik kongressi doirasida bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston tennis federatsiyasi prezidenti Rustam Inoyatov esa «O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishga qo‘shgan bebaho hissasi va tennisga ko‘p yillik sodiqligi uchun» alohida mukofot bilan taqdirlandi. U 1999 yildan beri sport tashkilotiga rahbarlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatini (MXX) 23 yil boshqargan Rustam Inoyatov 31 yanvar kuni o‘z lavozimini tark etdi. Hozirgi paytda u prezidentning huquqni muhofaza qilish organlari va Oliy Majlis Senatining islohotlarni muvofiqlashtirish va huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.