24 noyabr kuni Gruziyaning Batumi shahrida kazinoga qilingan hujum oqibatida bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirildi, yana biri jarohatlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Gruziya IIV bilan bog‘landi. U yerda voqeaning yuz berganini tasdiqlashdi. I.Ziyodullayeva (1987 yilda tug‘ilgan) shifoxonaga olib borilayotganda vafot etgan, X.Mahkamova (1980 yilda tug‘ilgan) esa jarohat olgan va hozirda muolaja qilinmoqda.

Pichoq bilan jarohat yetkazgan Turkiya fuqarosi L.Kulturk jinoyat joyida qo‘lga olingan va unga qarshi «qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.