Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQSHda o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Atlantik Sitidagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida o‘tkaziladigan jangda o‘zbekistonlik bokschiga amerikalik Isak Zarate raqiblik qiladi. Ushbu jangda Murodjon o‘zining WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.

Zarate esa 22 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.