Yashnobod tumanida yashovchi, 21 yoshli Ahror Xudoynazarov ham bundan 4 yil muqaddam — 17 yoshida o‘g‘irlik jinoyatiga qo‘l urdi. O‘shanda uning voyaga yetmaganligi inobatga olinib, jarima jazosi та­йин­ланgaнди. Biroq Ahror o‘ziga berilgan bu imkoniyatning qadriga yetmadi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudyasi Anjelika Shamsuddinova «Gazeta.uz"ga xabar berdi.

Aniqrog‘i, ota-onasi yana uni o‘z holiga tashlab, yurish-turishini nazorat qilmay qo‘yishdi. Oqibatda o‘tgan 2017 yilda — ayni 20 yoshida bezorilik jinoyati uchun ikkinchi marotaba sudlandi. Unga nisbatan yana bag‘rikenglik qilinib, o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari ozod qilindi. Lekin A. Xudoynazarovning ko‘zi bu gal ham ochilmadi. Ya’ni u uchinchi marotaba jinoyat ko‘chasiga kirdi. Faqat bu safar unga o‘zidan bir yosh katta tanishi Sarvar Eraliyev sherik bo‘ldi.

Yashnobod tumanining Aviasozlar-2 dahasida yashovchi Nafisa Halimova 2018 yil 14 may kuni ertalab katta o‘g‘li Ulug‘bekni ishga, kichigi Sherzodni esa, o‘qishga jo‘natib uyda yolg‘iz qoldi. So‘ng kun bo‘yi qiladigan ishlarini rejalashtirib, odatdagidek, avval uyni supurib-sidira boshladi.

Oradan 2−3 soat o‘tib, vaqt peshinga yaqinlashganda Ulug‘bekning xonasidan telefon qo‘ng‘irog‘i eshitildi. Qarasa, o‘g‘li telefonini qoldirib ketgan ekan. Shu bois qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun yashil tugmasini bosdi. Qo‘ng‘iroq qilgan Sarvar Eraliyev edi.

— Bugun Sardor degan og‘aynimizning to‘yi edi. Shunga Ulug‘bek boradimi-yo‘qmi, deb so‘ramoqchi edim, — dedi u salom-alikdan so‘ng.

— Bilmadim, bolam. Ulug‘bekning telefoni uyda қо­лиb ketibdi. Kelsa aytaman, o‘zi senga qo‘ng‘iroq qilar, — deya javob qaytardi Nafisa opa.

Ammo kech kirib, qosh қо­райгuнча S. Eraliyev yana 3−4 marotaba Ulug‘bekni so‘rab, sim qoqdi.

— Sarvar kun bo‘yi seni тўй­ga borishingni so‘rayverib, xunob qildi, gaplashib ko‘r-chi, — dedi onaizor ishdan kelgan o‘g‘liga telefonini tutqazarkan.

Darvoqe, Sarvar Eraliyev. U Halimovning eski tanishi edi. Shu bois Ulug‘bek u bilan bog‘lanib, Sardorning to‘yiga birga borish-bormasligini so‘radi.

— Sen boraver, menga adam ish buyurib qoldilar. Ҳа­лироқ o‘zim o‘taman, — де­ди S. Eraliyev.

Ulug‘bek to‘yga yolg‘iz o‘zi jo‘nadi. U ketgach, Nafisa opa Sherzod bilan birga televizor ko‘rib o‘tirdi. Bir mahal eshik qattiq taqillab qoldi. Bu paytda soat millari 21:30 ni ko‘r­сатаётgaнди.

— Kim u? — so‘radi eshikning qattiq taqillashidan чў­­chib ketgan ayol.

Lekin tashqaridan hech qanday javob bo‘lmadi. Bu esa, N. Halimovaning xavotirini battar oshirdi. Shuning uchun u eshikka qarab-qarab, ortiga qaytdi. Biroq shu chog‘ eshik yanada qattiqroq taqilladi.

— Kim?

— Ulug‘bek aka bir narsa berib yuboruvdi, — degan ovoz eshitildi yo‘lakdan.

N. Halimova o‘g‘lining ismini eshitib, eshikni қия­роқ оч­ди. Ammo nariga tarafdagi yuziga niqob taqqan kimsa eshikni zarb bilan tepib yubordi, buning oqibatida xonadon sohibasi yerga yiqilib tushdi. Uй­ga yuziga niqob taqqan ikki ки­ши кир­ди. Buni ko‘rgan Sherzod onasini himoya qilish uchun ularga tashlandi. Ammo bosqinchilardan biri uni ham yiqitib, ko‘rpa bilan boshini berkita boshladi. Shunda Nafisa opa bor ovozi bilan baqirib, qo‘ni-qo‘shnilarini yordamga chaqirdi. Bungacha esa «mehmon"lardan biri u yoq-bu yoqni titib, uydan pul qidirdi. Biroq N. Halimovaning baqir-chaqiridan keyin ular qo‘lga tushib qolishdan qo‘rqib qochib ketishdi.

Shundan so‘ng bir zumda yon-atrofdagi qo‘ni-qo‘shnilar йи­ғилishди.

Qo‘shnilardan biri qo‘rquvdan titrayotgan onaga suv berib, uni tinchlantira boshladi. Yana boshqasi esa, qo‘ng‘iroq qilib, Ulug‘bekni chaqirdi. O‘g‘lining og‘aynisi bo‘lgani bois Nafisa Halimova Sarvarning bo‘y-basti va harakatlaridan uni tanigandek bo‘lgandi.

Qolaversa, Ulug‘bek to‘yda o‘tirgan paytda Otabek исм­ли do‘sti «Sarvar qo‘ng‘iroq қи­лиb, seni to‘yga kelgan-kelmaganingni so‘radi» degan gapi bu gumonni yana bir karra tasdiqladi. Shu bois ona-bolaning ko‘rsatmalari asosida IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, chindan ham, bu jinoyatni Sarvar bilan Ahror sodir etgani o‘z tasdig‘ini topdi. Darhaqiqat, ikkovlon kun­дuзи uchrashib, Halimovlar xonadonidan mo‘maygina pul o‘marishni rejalashtirishgandi.

Xullas, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi қo‘z­ға­tilди.

Qonun talabiga ko‘ra, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan jinoyat bosqinchilik sifatida malakalanishi lozim. Lekin jinoyat ishi hujjatlarida N. Halimova va Sh. Halimovga nisbatan bunday zo‘rlik ishlatilganligini тас­­­диқлоvchi dalillar mavjud emas. Qolaversa, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida жаbр­ланuv­chiлар sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, ularga yetkazilgan jarohatning og‘irlik darajasi, o‘rni hamda xususiyati aniqlanmagan.

Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasida айb­дорликка oid barcha shubhalar, basharti, ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligi qayd etilgan. Shuning uchun sud sudlanuvchilarning harakatlarini Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v"-bandidan 25,166-moddasi 3-qismi «b"-bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, talonchilik jinoyatini sodir etishga сuи­қасд қи­лish)­ga qayta kvalifikatsiya qilib, ularga qonuniy jazo tayinladi.

Sud A. Xudoynazarovga jazo та­йин­лашда jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2017 yil 26 apreldagi hukmiga muvofiq tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini ham inobatga oldi.