Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni hisoblangan Elnur Abduraimov 19 oktyabr kuni tongda AQSHda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu safar o‘zbekistonlik bokschiga amerikalik Xose Salinas raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, Elnur oktyabr oyining boshida prof ringdagi debyutini nishonlagan va jangda amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratgandi.

20 yoshli Salinas esa professional boksda 6 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Jangga AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasi mezbonlik qiladi.