Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi D.K. ismli ayol o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatishni so‘rab holat yuzasidan tergov harakatlarini olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimiga pora taklif etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan xodim o‘z rahbariga axborot bergan va joriy yilning 6 oktyabr kuni ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.K. xodimga 1 000 AQSH dollarini pora sifatida berayotgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.