2011 yildan to 2018 yilning aprel oyiga qadar Toshkent shahar hokimi laovzimida ishlagan, Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt ma’muriyati boshlig‘i etib tayinlangach «O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Rahmonbek Usmonov poytaxtning Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Matbuot xizmati xodimining yozishicha, Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashining X sessiyasida Rahmonbek Usmonov tuman hokimi vazifasiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Baxtiyor Abdusamatov pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan edi.