O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr — 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Hindiston prezidenti, vitse-prezidenti, bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif avvalida ishonch bildirganidek, oliy darajadagi samarali muzokaralar O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitib, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.