«Astana LRT» kompaniyasi ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda ayrim turdagi transport vositalarining Qozog‘iston poytaxtiga kirishini pulli qilishni taklif etmoqda, deya xabar berdi Ostona hokimi matbuot xizmati.

25 sentyabr kuni Ostona transport tizimini modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida kompaniya vakili shaharga kiruvchi asosiy nuqtalarda to‘lov undirishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Mazkur chora shahar transport tizimidagi bosimni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Tig‘iz soatlar orasidagi vaqtlarda esa har qanday turdagi transport uchun kirish bepul bo‘lib qolaveradi.